Mubashshir Ahmad: "Shuhrat aka ixlosli mo‘min edilar..."

Mubashshir Ahmad: "Shuhrat aka ixlosli mo‘min edilar..."

"Azon TV loyihasi boshlaganda Shuhrat aka Qayumov bilan maslahatlashgan edik. U kishi kasting uyushtirish kerakligi, boshlovchi va suxandonlarni tanlab olib, o‘zlari o‘qitib berishlarini aytdilar. Allohga muhabbat va dinga ixloslarini qarangki, tanlab olingan nomzodlarni o‘zlari bir oy o‘qitib berdilar va qanchalar iltimos qilmaylik, bunga haq olmadilar.

Undan keyin ham bizdan maslahatlarini hech ayamadilar. Shuhrat aka ixlosli mo‘min edilar.

***

Chamamda, 2015 yillar bo‘lsa kerak, tuhmat tufayli Oliy ma’had talabalaridan birining ishi sudga oshadigan bo‘ldi. Hurmati va obro‘sini o‘rtaga qo‘yib, Shuhrat aka shu yigitni qutqarib qolgandi. O‘sha paytlarda bunday jur’at va kelajagini garovga qo‘yish uncha-muncha odamning qo‘lidan kelmas edi.

Shuhrat aka mard odam edilar.

***

Shuhrat aka bilan oxirgi so‘zlashuvimiz telefonda bo‘ldi. Undan oldin ham audio versiyasi tayyorlangan «O‘kinma» kitobini Registon TV bilan hamkorlikda o‘zlari ham qayta o‘qib, ommaga taqdim etmoqchi ekanliklarini aytib, odob bilan bunga izn so‘radilar. Bu odob oldida bajonidil rozi bo‘ldim.

Shuhrat aka odobli inson edilar.

***

Shuhrat akaning ayrimlargina biladigan dinga xizmatlari va xolis amallari bor. Inshalloh, bunga tarix va insonlar guvoh. Alloh Shuhrat akani rahmatiga g‘arq qilsin va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin!"

Ustoz Mubashshir Ahmad  – Azon.uz va Azon TV loyihalari asoschisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!