Moskvada butun oila ovqatdan zaharlandi. Er-xotin o‘ldi

Moskvada butun oila ovqatdan zaharlandi. Er-xotin o‘ldi

Moskva shahri chekkasidagi kvartirada er-xotin ovqatdan zaharlanib halok bo‘ldi, deb yozadi «112» telegram kanali.

Bogorod qishlog‘ida 35 yoshli Sergey Neverov va 28 yoshli Svetlana Gorshkova hayot belgilarisiz topildi. Kvartirada ular bilan birga ayni damda reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan 9 yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan. Bolaning o‘zi qarindoshlariga eshikni ochgan, lekin o‘sha paytda u allaqachon juda zaif edi.

Er-xotinning o‘limiga ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!