Moliya vazirligi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi

Moliya vazirligi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun byudjet 2022» yangilangan nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.

Ro‘yxat 2021 yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar byudjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi:

● «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;

● «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;

● «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;

● «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;

● UzBAT — 1,3 foiz;

● «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;

● «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;

● Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;

● UzAuto Motors — 0,5 foiz;

● «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.

Moliya vazirligi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!