Moldova hukumati Rossiyani Kishinyovdagi Rossiya fan va madaniyat markazi - Rossiya uyi faoliyat yuritgan hukumatlararo kelishuv denonsasiya qilingani haqida xabardor qildi.
Bu haqda Moldova tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Rossiya tomoni allaqachon xabardor qilingan va bu yozda, katta ehtimol bilan, iyun oyi oxiri yoki iyul oyining boshida, amaldagi kelishuv qoidalari tugashi bilan, u uzaytirilmaydi, bu hujjatning qonuniy amal qilish muddati tugashini anglatadi. Bu muddatdan keyin markaz Moldova Respublikasida faoliyat yuritish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaydi", dedi Popshoy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, Rossiya tomoni ushbu qoidalarga rioya qilishi shart.
Avvalroq Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi Moldova Tashqi ishlar vazirligidan hukumatlararo kelishuvni bekor qilish niyati haqida nota olganini tasdiqlagan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.