MMA jangchisi Habib Nurmagomedovning hozirgi holati haqida gapirdi

MMA jangchisi Habib Nurmagomedovning hozirgi holati  haqida gapirdi

Rossiyalik MMA jangchisi Adam Yandiyev Instagramda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning koronavirus bilan kurashgan otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovning o‘limini qanday boshdan kechirayotgani haqida gapirib berdi.

Yandiyevning yozishicha, u Habibni dafn marosimida uchratgan va uning ko‘zi "hayotdagi eng qadrli insonining yo‘qolishi tufayli og‘riq va qayg‘uga to‘lganini" ko‘rgan.

Habibning bu qarashini butun hayoti davomida eslab qolishini ta’kidlagan Yandiyev barchani o‘z oilasi hamda do‘stlarini tirikligida himoya qilishga chaqirdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!