Misrdan gepatit C ga qarshi dorilarning 6-partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi

Misrdan gepatit C ga qarshi dorilarning 6-partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining 2024 yildagi oltinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

25 fevral kuni olib kelingan 12 qutidagi 6720 dona “Sofosbuvir-400” dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.

Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 2023 yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari O‘zbekistonga bosqichma-bosqich yuborilgandi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bir nafar bemorning 3 oylik to‘liq davolash kursi uchun 3 qadoq “Daklatasvir” va 3 qadoq “Sofosbuvir” kerak bo‘ladi. Mazkur davolash kursining Misrdagi o‘rtacha narxi 31 dollar bo‘lsa, O‘zbekistonda joriy yilga qadar 100 dollarga baholanib kelingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!