Misrning shimolida joylashgan Kalyubiya provinsiyasining gubernatori Kafr-Shukr shahri obodonchilik departamenti direktorini bir nechta ko‘chaga turmush o‘rtog‘i va qarindoshlarining nomini berganidan keyin vazifasidan ozod qildi. Bu haqda el-Watan gazetasiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
«Shaharning yangi bosh rejasidagi bir nechta ko‘cha ayolning turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari nomi bilan atalgani haqida xalqdan shikoyatlar kelib tushgani uchun Kafr-Shukr shahri obodonchilik departamenti direktorini ishdan olishga qaror qilindi. Ish tergov uchun ma’muriy prokuraturaga oshirildi. Agar faktlar tasdiqlansa, qonuniy chora ko‘riladi», — dedi gubernator Abdulhamid Xadjan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mansabdor ayolning harakatlari qonunni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, chunki ko‘chalarga nom berish haqidagi qaror mahalliy xalq kengashi yoki maxsus qo‘mita tomonidan qabul qilinadi. Oxirgi vaqtlarda Misr ko‘chalari jamoat arboblari yoki terrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan harbiylar va polisiya xodimlari sharafiga nomlanmoqda.
Ko‘chalarni turmush o‘rtog‘i, uning ukalari va qaynotasi sharafiga nomlagan amaldor ayolning o‘zi ayblovlarni rad etib, shahar fuqarolaridan biri undan qasos olayotganini va shu tariqa taniqli bo‘lishga intilayotganini aytdi. Gap «ko‘chalar nomlari bilan bog‘liq inqiroz»dan keyin Kafr-Shukr shahrini «Sami Gamal shahri» deb o‘zgartirishni taklif qilgan Sami Gamal haqida ketmoqda. Gamalning so‘zlariga ko‘ra, u shu tarzda norozilik bildirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Муҳаммад Ризо Ариф Al Jazeera телеканалида АҚШ президенти Дональд Трамп Америка қўшинларини Харк оролига жойлаштиришга қарор қилиши мумкинлигини, аммо уларнинг қайтиши Вашингтонга эмас, балки Теҳронга боғлиқлигини айтди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.