Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga yetkazish maqsadi belgilandi

Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga yetkazish maqsadi belgilandi

Yig‘ilishda mutasaddilarga yana 1,5 milliard dollarlik yangi loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hokimlariga Toshkent shahridagi “Texnopark” kabi elektrotexnika klasterlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga, 2026 yilda 70 foizga yetkazish maqsadi belgilandi.

Buning uchun Ohangaron tumanidagi yangi mis klasterida 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida yana 90 ming tonna misni qayta ishlaydigan quvvatlar yaratiladi.

Yig‘ilishda muqobil elektr energiyasi loyihalarini mahalliy butlovchi qismlar bilan ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek:

- xonadonlarga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini o‘rnatish xarajatlari 30 foizgacha qoplab beriladi;

- bog‘cha, maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy ob’ektlarda muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimlarini, ko‘chalarda esa, quyosh energiyasida yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

Bu maqsadlarga har yili kamida 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!