Mirzaobod tumanida ko‘chalarni ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi

Mirzaobod tumanida ko‘chalarni ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar 2021 yilda “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududidagi ko‘chalarni joriy ta’mirlashda ishlarni sifatsiz amalga oshirish orqali 307 mln so‘m hamda hisobotlarga haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish yo‘li bilan 143 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!