“Mir” kartalarining O‘zbekistonda ishlamay qolgani katta muammo emas – iqtisodchi

“Mir” kartalarining O‘zbekistonda ishlamay qolgani katta muammo emas – iqtisodchi

Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimi O‘zbekistonda ishlamay qolgani birinchi marta emas, dedi iqtisodchi Denis Raksha Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, mart oyi boshida ham “Uzcard” prosessing markazi texnik sabablarga ko‘ra “MIR” kartalarini qabul qilish to‘xtatilganini ma’lum qilgan. Biroq nosozlik bartaraf etilganidan so‘ng avvalgidek Rossiya to‘lov tizimi O‘zbekistonda ham ishlay boshlagan.

“Menimcha, O‘zbekistonda “Mir”kartasi bor odamlar bir vaqtning o‘zida boshqa to‘lov tizimlari kartalarining ham baxtli egalari. Ularda faqat bitta karta borligini tasavvur qila olmayman. Shuning uchun ular vaqtincha boshqa to‘lov tizimlaridan foydalanishadi”, - dedi u.

Iqtisodchi hozirda O‘zbekistonda bo‘lgan Rossiya to‘lov tizimi foydalanuvchilariga ham maslahatlar berdi.

“Endi siz naqd pulndan eski usulda foydalanishingiz mumkin”, - dedi Raksha.

Iqtisodchining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi uchun “Mir” kartalarining vaqtinchalik ishlamasligi “o‘limga olib keluvchi zarba” emas.

Eslatib o‘tamiz, UZCARD tizimida hozirda texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli O‘zbekistonda vaqtincha Rossiyaning “MIR” kartalari ishlamay turibdi. Biroq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan kobeyjing "Uzcard-Mir" kartalari mamlakat hududida ishlayapti.

2022 yilning mart oyida Uzcard to‘lov tizimi "Uzcard-Mir" kobeydjing kartalari chiqarilishini e’lon qilgan edi. Ular rubldan so‘mga va aksincha avtomatik konvertasiyani o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!