“Milliy tiklanish” partiyasi deputati koronavirusdan vafot etdi

“Milliy tiklanish” partiyasi deputati koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Botirovna Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. 

Bu haqda partiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Dildor Umarova 1966 yilda tug‘ilgan. 2018 yil buyon Yashnobod tumanidagi 149-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatligiga saylangan.

Partiya jamoasi shu munosabat bilan marhumaning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik izhor etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!