Milliy gvardiya xodimi o‘zini kanalga tashlagan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi

A A A
Milliy gvardiya xodimi o‘zini kanalga tashlagan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi

Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 10 iyun kuni tungi soat 22.10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, olingan xabarga ko‘ra ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan qizni suvdan qutqarib oldilar.

O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu qiz, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Qorako‘z tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro U.T. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!