Milliy gvardiya xodimi nega bozorda fuqaro bilan janjallashdi?

Milliy gvardiya xodimi nega bozorda fuqaro bilan janjallashdi?

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Milliy gvardiya xodimining bozorchi ayollar bilan janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Milliy gvardiya matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Sariosiyo tumanidagi oziq-ovqat dehqon bozori Milliy gvardiya xodimlari tomonidan shartnoma asosida qo‘riqlovga olingan.

20 sentyabr kuni xodimlar tomonidan bozor hududida jamoat tartibini saqlash, noqonuniy joylarda savdo qilayotgan sotuvchilarni rastalarga joylashtirish jarayonida bozorchi ayollar bilan nizo kelib chiqqan.

“Hozirda ushbu holat Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini, xodimlarning xatti-harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!