Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi sport musoboqasida Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi sport musoboqasida Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Abu-Dabi shahrida 15-24 noyabr kunlari sportning Jiu-jitsu turi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnirda dunyoning 60 dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan sara sportchilar qatorida O‘zbekiston Jiu-jitsu bo‘yicha milliy terma jamoasi ham munosib ishtirok etib qaytdi.

Terma jamoamiz a’zolari bu kabi jahon chempionatida birinchi bora qatnashayotgan bo‘lsalar-da, yakuniy natijalarga ko‘ra, 9 ta (4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdilar.

Bo‘lib o‘tgan bahslarning “beginner” yo‘nalishida sportchilarimiz Anvar Muqimov oltin medalga, Jasur Djurayev, Suxrob Usmonov hamda Xurshid Eshonxodjayevlarning har biri esa jahon chempionatining 2 tadan, ya’ni oltin va kumush medallariga sazovor bo‘ldilar.

Shuningdek, “master” yo‘nalishida Ruslan Yakubov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi Kamol Usmonov bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!