Milliarder Jek Ma Alibaba rahbarligidan ketdi

Milliarder Jek Ma Alibaba rahbarligidan ketdi

Xitoyning Alibaba internet-riteyleri asoschisi Jek Ma kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Jek Ma 10 sentyabrda — 55 yoshga to‘lgan kuni iste’foga chiqqan. Rais lavozimida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallagan.

Bloomberg’ning yozishicha, iste’foga chiqqaniga qaramay, Jek Ma kompaniyada asosiy shaxs bo‘lib qolaveradi. Deniyel Chjan muhim qarorlarni Alibaba asoschisining ko‘magisiz qabul qilishi ehtimoli kam.

Jek Ma Alibaba’ni tark etish rejasini ilk bor 2018 yil sentyabrida ma’lum qilgan edi. O‘shanda u ta’lim sohasidagi xayriya loyihalari bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini bildirgan edi.

Sobiq ingliz tili o‘qituvchisi Jek Ma 1999 yili Alibaba’ga asos solgan. Hozirda bu Xitoydagi bozor kapitalizasiyasi 460 milliard dollarga teng bo‘lgan eng yirik kompaniyadir. Kompaniya, jumladan, Aliyexpress savdo maydonchasiga egalik qiladi.

Bloomberg Jek Maning boyligini 41,8 milliard dollarga baholagan — u Osiyoning eng badavlat ikkinchi odami.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!