MIB: qarzdor otadan 100 mln so‘m aliment mablag‘i undirildi

MIB: qarzdor otadan 100 mln so‘m aliment mablag‘i undirildi

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi qarzdor otadan 100 mln so‘m aliment undirib berdi, deb xabar berdi MIB matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2010 yil 5 oktyabrdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.A.dan undiruvchi A.K. foydasiga 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

“Majburiy ijro harakatlari davomida Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi Z.Bekmuratovaning alimentchi otaga to‘g‘ri huquqiy targ‘ibot olib borishi natijasida qarzdor A.A.dan undiruvchi K.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullari to‘liq undirilib, ijro ishi tamomlandi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!