MIB: Nurobod tumanida to‘rt oyda 3 milliard so‘m bank qarzdorligi undirilgan

MIB: Nurobod tumanida to‘rt oyda 3 milliard so‘m bank qarzdorligi undirilgan

Majburiy ijro byurosi Nurobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 438 ta 7,3 milliard so‘mlik ijro hujjatlaridan 160 tadan ortig‘i tamomlanib, 3 milliard so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

Ijro hujjatlari yuzasidan jami 14 ta 1 milliard so‘mlik mol-mulk xatlanib, 4 ta 501 million so‘mlik mol-mulk onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Qarzdorlardan tijorat banklari foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 179 nafar qarzdorning 1,6 milliard so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish xaqi daromadlari xaqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undiruvi ish xaqiga qaratilgan.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qarzdor "B.SH.J" hisobidan undiruvchi "ATB Kapitalbank"ning Samarqand filiali foydasiga 68 million so‘m kredit qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilib, qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlangan. Qoldikdagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik yuzasidan garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulklar yoki avtotransport vositalari hatlanib auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!