Messining otasi «Al-Hilol»dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Messining otasi «Al-Hilol»dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Lionel Messi yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda ispan nashrlari.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, futbolchining agenti sanalmish otasi va boshqa vakillari Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, Messi Saudiyada Krishtianu Ronaldudan ko‘proq maosh olsa, ushbu chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manbaning yozishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi 35 yoshli argentinalik yulduzga qiziqish bildirayotgan «Al-Hilol»dan yillik 300 million yevro, 2 yillik shartnoma uchun 600 million yevro so‘ragan.

Avvalroq, Ronaldu «An-Nasr»da yillik 200 million yevro maosh olishi haqida xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Messining «PSJ» bilan kelishuvi yozda yakuniga yetadi. U Parij klubi bilan shartnomani uzaytirganicha yo‘q. Leo joriy mavsum 22 o‘yinda 13ta gol va 13ta assistga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!