Messi Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh bergandi?

Messi Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh bergandi?

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo De Paul hujumchi Lionel Messining JCH-2022 guruh bosqichining birinchi turida Saudiya Arabistoni bilan o‘yindagi mag‘lubiyatiga munosabati haqida gapirdi.

"Saudiya Arabistoniga mag‘lubiyat dahshatli edi. Biz uch yil davomida mag‘lubiyatga uchramadik va juda uzoq vaqt davomida mag‘lubiyatga uchramagandik va mag‘lubiyat nimaligini unutib qo‘ydik.

Leo xavotirda edi, lekin u buni yashirishga urindi. Ertasi kuni Skaloni bizga dam berdi va na Messi, na men oilamizni ko‘rishni xohlamadik.

Biz xonaga qamaldik va u menga shunday dedi: "Bu mening so‘nggi jahon chempionatim, men bu tarzda keta olmayman, ishonmayman", - dedi De Paul


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!