Messi Barselonada Xavi va Buskets bilan tushlik qildi

Messi Barselonada Xavi va Buskets bilan tushlik qildi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Barselonaga keldi.

OnzeTV3'ning xabariga ko‘ra, 24 yanvar kuni argentinalik futbolchi «Barsa»ning ayrim vakillari bilan restoranda ovqatlangan.

Jurnalist Xelena Kondis Edoning aniqlik kiritishicha, Messiga Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi va yarimhimoyachi Serxio Buskets hamrohlik qilgan.

Messi Barselonada Xavi va Buskets bilan tushlik qildi

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni 34 yoshli forvard Liga 1 doirasidagi «Reyms»ga (4:0) qarshi o‘yinda 30 daqiqaga yaqin o‘ynagandi.

«PSJ» navbatdagi o‘yinini 31 yanvar kuni Fransiya Kubogi doirasida «Nissa»ga qarshi o‘tkazadi.

Messi Barselonada Xavi va Buskets bilan tushlik qildi

Messi bu mavsumda Liga 1da 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!