Menni Pakyao boksdan ketganini tasdiqladi. Endi u siyosatda...

Menni Pakyao boksdan ketganini tasdiqladi. Endi u siyosatda...

Boks bo‘yicha 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao Toni Talks ko‘rsatuvida sport faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.

19 sentyabrda Pakyao 2022 yilda o‘tadigan Filippin prezidenti saylovlarida ishtirok etishi ma’lum qilingandi.

Bokschi ringdagi oxirgi jangini 2021 yil 22 avgustda WBA’ning superchempion unvoni uchun kubalik Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

“Bokschilik faoliyatim yakunlandi, men bu qarorni boks bilan anchadan beri shug‘ullanishim va oilam menga u bilan yetarlicha shug‘ullanganimni aytayotgani sababli qabul qildim. Men Filippin prezidenti lavozimi uchun kurash olib borishga chorlovni qo‘rqmay qabul qilaman. Bizga taraqqiyot kerak, biz kambag‘allikni yengishimiz lozim. Bizga hukumatimiz xalqqa halol va ochiq-oydin xizmat qilishi kerak. Mavridi keldi va men o‘z zimmamga yetakchilik yukini olishga tayyorman”, deb aytgan bokschi.

Ayni vaqtda Pakyao Filippin senati a’zosi hisoblanadi, uning vakolatlari muddati 2022 yilda yakunlanadi.

Hozirda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi. Mamlakat konstitusiyasiga ko‘ra, Duterte ikkinchi muddatga prezident lavozimini egallay olmaydi. Shu sababli u bo‘lg‘usi saylovlarda vise-prezident lavozimi uchun kurashmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!