Meksikada katta yo‘lda yuzlab migrantlar qamalib qolgan treyler tashlab ketildi

Meksikada katta yo‘lda yuzlab migrantlar qamalib qolgan treyler tashlab ketildi

Meksikada kontrabanda bilan shug‘ullanayotgan jinoyatchilar 400 ga yaqin migrant ortilgan treylerni katta yo‘lda tashlab ketgan. Ularning treylerdan chiqib olishiga mahalliy aholi yordam bergan, deyiladi Azteca telekanali tarqatgan xabarda.

Temir “sandiq”dan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan migrantlarning ma’lum qilishicha, treyler ichida havo tugay boshlagan, shu sababli ular treyler tomini buza boshlagan. Shavqin-suronni eshitgan mahalliy aholi vakillari ularni qutqarib olgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy migrantlarning katta qismi Gonduras, Salvador, Gvatemala, Venesuela va Gaitidan bo‘lib, ular darhol voqea joyidan yashirinishgan. Qonun himoyachilari va migrasiya xizmati vakillari voqea joyiga kelib 93 kishiga yordam bergan, ularning 12 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Migrantlar AQSh chegarasiga qarab ketayotgan bo‘lgan.

Iyun oyida ham Texasda yo‘lda tashlab ketilgan treylerda 51 kishi bo‘g‘ilib hayotdan ko‘z yumgan edi. Ular Markaziy Amerika va Karib xavzasi mamlakatlaridan bo‘lgani ma’lum qilingan.

AQShning bojxona va chegara nazorati boshqarmasi o‘tgan 9 oy mobaynida Meksika chegarasidan qariyb 1,4 million noqonuniy migrantni aniqlashganini ta’kidlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!