"Mehribonlik uyi" oromgohidagi "samosud": 3 kishi o‘zaro janjallashgan
Avvalroq 13 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda «22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi samosud qilindi» mazmundagi xabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruvda quyidagilar aniqlandi.
Videodagi holat joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008 y.t. S.X., D.I va V.L) tarbiyalanuvchilar o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.