Mayoqcha va maxsus tovush bilan kelayotgan imtiyozga ega transport vositalariga yo‘l bering

Mayoqcha va maxsus tovush bilan kelayotgan imtiyozga ega transport vositalariga yo‘l bering

Qoidalarga ko‘ra, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-modda birinchi qismiga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!