Mayk Taysonning navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Mayk Taysonning navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Og‘ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Mayk Tayson bu kuzda ringga qaytadi. Bu haqda bokschining murabbiyi Rafael Kordeyro ma’lum qildi, deb xabar beradi Sports.kz.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida «Temir Maykl» ringdagi yana bir afsonaviy shaxs - kichik Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazgan edi. O‘shanda jang durang bilan yakunlangan.

«Biz mashg‘ulotlarni davom ettirmoqdamiz. U – mashg‘ulotlarni to‘xtatmaydigan kuchli sportchi. O‘ylashimcha, uchrashuv sentyabrm oyida bo‘lib o‘tadi. Raqibi kim bo‘lishini bilmayman.

Buning ustida uning Legends Only League kompaniyasi ishlaydi, telehuquqlar bo‘yicha muzokara olib boradi va jadvalni ishlab chiqadi», - dedi Kordeyro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!