Maxachqal’ada AYOQSh portladi

Maxachqal’ada AYOQSh portladi

Plus yoqilg‘i quyish shoxobchasi portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari yosh bola, 10 kishi jarohatlangan. Vayronalar ostida ham odamlar bor, deb xabar qilmoqda mahalliy nashrlar.

Qayd etilishicha, barcha yaradorlar Maxachqal’adagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Voqea joyiga 10 dan ortiq tez yordam brigadasi yetib kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash benzin tashuvchi mashina bilan ishlash vaqtida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!