Mask Twitter platformasidagi bir necha yangiliklarni e’lon qildi

Mask Twitter platformasidagi bir necha yangiliklarni e’lon qildi

The New York Times xabariga ko‘ra, milliarderning ijtimoiy platformasi kontent yaratuvchilardan faol ravishda daromad oladi va ikki segmentni – video va biznesni rivojlantiradi. Ushbu yo‘nalishda Tik-Tok asosiy mo‘ljalga aylanadi.

Shuningdek, Mask Twitter orqali to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini ham ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar bank hisob raqamiga ega debet kartalarini akkauntga ulash imkoniga ega bo‘ladi.

Mask global mo‘ljal sifatida Xitoyning WeChat ijtimoiy media-platformasini olgan. U odamlarga nafaqat turli ma’lumotlarni ko‘rish, balki ovqatga buyurtma berish yoki taksi chaqirish imkonini beradi. Xitoyda dasturning millionlab foydalanuvchisi bor. Amerikalik milliarder ham Twitter imkon qadar ko‘proq funksiyalarni taqdim etishini xohlayapti.

Ilon Mask 28 oktyabr kuni ijtimoiy platformani 44 milliard dollarga sotib oldi. Shundan so‘ng, bir kun ichida Twitter xodimlarining yarmini, shu jumladan, direktorlar kengashi a’zolarini ishdan bo‘shatdi.

Mask darhol o‘zgarishlarni amalga oshirishga kirishdi. Jumladan, u yangilangan Twitter Blue obunasini taqdim etdi. Shundan so‘ng, har bir kishi oyiga $8 evaziga verifikasiyani anglatuvchi «ko‘k belgi»ni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu qaror tufayli platformada ko‘plab mashhurlarning soxta akkauntlari paydo bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!