Mask qanday qilib barchasini dog‘da qoldirdi

Ilon Maskning AQSh hukumati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha idorasi (DOGE) xodimlari xarajatlarni qisqartirish bilan shug‘ullanuvchi federal organlarda olti xonali yillik maosh olmoqda, deya Wired jurnali manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Jumladan, ilgari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni tugatish bilan shug‘ullangan DOGE mutaxassislaridan biri AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasida xarajatlarni kamaytirish va xodimlarni qisqartirish ustida ishlab, yiliga 167 ming dollar oladi. Yana bir dasturchi-muhandis Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligida DOGE uchun ishlaydi va AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasidan yiliga 195,2 ming dollar maosh oladi - bu federal xizmatchi davlat xizmatchilarining umumiy ish haqi jadvali bo‘yicha olishi mumkin bo‘lgan eng yuqori summadir. DOGE tomonidan AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasiga yangi xodimlarni yollashga mas’ul bo‘lgan 28 yoshli tadbirkor esa bu yerda yiliga 120,5 ming dollar daromad qilmoqda.
Jurnalning ko‘rsatishicha, Mask DOGE uchun kelajakdagi xodimlarni yig‘ishni boshlaganida, ularning ishini deyarli "hech qanday to‘lovsiz" va zerikarli deb tasvirlagan. DOGE faoliyatining shaffofligi haqidagi da’volarga qaramay, tashkilot o‘z xarajatlari va ish haqi miqdorlari to‘g‘risidagi hisobotni hali e’lon qilmagan.
Bundan tashqari, Wired ta’kidlashicha, ko‘plab DOGE xodimlari "maxsus davlat xizmatchilari" sifatida ishga olingan bo‘lib, ularning ish muddati 130 kun bilan cheklangan. Ular o‘z daromadlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va xususiy tashkilotlardan maosh olish huquqiga ega.