Mashhur yulduz qotillik sabab 28 yilga qamaldi

Mashhur yulduz qotillik sabab 28 yilga qamaldi

Mashhur amerikalik reper va prodyuser Shug Nayt tergov bilan shartnoma imzoladi va qotillik uchun 28 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deya xabar berdi TMZ.

2015 yil yanvar oyida reper ikki kishini mashinasida urib yuborgan. Ulardan biri kasalxonada vafot etgan. O‘sha marhum Naytning do‘sti va “Heavyweight Records” asoschisi Terri Karter edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Nayt nizo kuchayib ketganidan keyin erkaklar bilan urishgan. Uning so‘zlariga qaraganda, u ikki kishini urib yuborishni istamagan. Shunchaki, uni otishlaridan qo‘rqib, yashirinishga uringan ekan, xolos.

Ma’lumotlarga qaraganda, tergov jarayoni davomida hibsda o‘tirganligi bois qamoq jazosi uch yarim qisqartirilar ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!