Mashhur aktrisa o‘zidan 24 yosh kichik oshig‘i bilan ajrashdi

Mashhur aktrisa o‘zidan 24 yosh kichik oshig‘i bilan ajrashdi

Britaniyalik aktrisa Keyt Bekinseyl oshig‘i musiqachi Gudi Greys bilan munosabatlarni uzdi. Instagramdagi u bilan tushgan barcha fotosuratlarini ham o‘chirib tashladi, deb yozmoqda “The Sun”.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli musiqachi 47 yoshli aktrisa bilan aloqani uzgach, Kanadaga uyiga ketgan. Munosabatlarning uzilishiga nima sabab bo‘lganligi esa noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, Greysning Keytning qizi Lili bilan tengdosh bo‘lib chiqqanligi ko‘plab foydalanuvchilarning g‘azabiga sabab bo‘lgan va aktrisa o‘z “manzili”ga nisbatan ko‘plab tanqidlar eshitgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!