Marsoxod Qizil sayyoradan 142 ta tasvir jo‘natdi

Marsoxod Qizil sayyoradan 142 ta tasvir jo‘natdi

NASA kosmik agentligi Marsda Perseverance marsoxodi tomonidan olingan 360 darajali panoramali birinchi tasvirni taqdim etdi. Ikki masshtablash kameradan iborat Mastcam-Z tomonidan 142 ta alohida tasvirlar olindi.

Mutaxassislar ushbu tasvirlar orqali Marsdagi holatni to‘liq ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Masalan, unda Yezero kraterining bir cheti, ya’ni Perseverance qo‘nish joylari, shuningdek tosh va qoyalarni ko‘rish mumkin.

Keyingi ikki yilda marsoxod quruq daryo deltasi tekshirish va tog‘ jinslarini burg‘ulashni o‘z ichiga olgan Qizil sayyorada 3-4 milliard yil oldingi hayotga oid dalillarni o‘rganib keladi. O‘n yildan so‘ng tayyorlangan tuproq namunalari Yerga yetkaziladi.

Oldin xabar berganimizdek, Perseverance 18 fevral kuni muvaffaqiyatli ravishda Mars sathiga qo‘ndi. Marsoxod u yerda hayot izlarini topish uchun yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!