Mardikorlikka chiqqan jurnalist Anora Sodiqovaga tajovuz uyushtirildi. Milliy gvardiya jim

Mardikorlikka chiqqan jurnalist Anora Sodiqovaga tajovuz uyushtirildi. Milliy gvardiya jim

“…2018 yil Afg‘onistonga borganimda ham boshimdan bir tola sochim to‘kilmagandi. Ammo, musaffo osmon ostida, "Milliy gvardiya”dek qo‘riqchilari bor mamlakatimizda o‘lib ketishimga oz qoldi..." (A.Sodiqova)

Zo‘ravonlik, shantaj, tuhmat, atayin janjal chiqarish, olomonni gij-gijlash — jurnalist Anora Sodiqova kasbiy faoliyatida ayanchli holat ro‘y berdi.

Jurnalistika O‘zbekistonda xavfli kasblar safiga kiradimi?

Huquqni muhofaza qiluvchi tizim xodimlari istagan fuqaroni jinoyatchiga, xohlaganini jabrdiydaga, va albatta, istaganini tuhmat bilan qamoqqa tiqish darajasidagi tuzulmaga aylangani haqiqatmi?

Milliy gvardiya, IIB kabi tizimlar fuqarolarning haq-huquqlarni qanchalik himoya qila olmoqda. Nima uchun jamiyatimizda huquqni muhofaza qilish tuzulmalariga ishonch so‘nib ketgan?

Jurnalist Anora Sodiqova o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida jiddiy zo‘rovonlik va tajovuzga uchraganini bayon qiladi.

"Jurnalistik surishtiruv bilan “Jurnalist kasbini o‘zgartiradi” loyihasi asosida Keles mosti ostidagi mardikor bozoriga bordim. Hammasi yaxshi ketayotgandi. Milliy gvardiya kelib aralashdi, telefonimni so‘radi, men bermadim. So‘ng orqamdan 4 nafar ayol kelib menga tashlanib telefonimga yopishdi.
Eng qizig‘i, mening sochlarimni tortib, kaltaklayotgan ayollardan meni “Milliy gvardiya”miz himoya qilmadi (balki istamagandir). Ularga qo‘shilib, telefonimni so‘radi. Hamkasblarim yordamida bir guruh tajovuzkor ayollardan qutilib qochdim.
2018 yil Afg‘onistonga borganimdayam boshimdan bir tola sochim to‘kilmagandi. Ammo, musaffo osmon ostida, “Milliy gvardiya”dek qo‘riqchilari bor mamlakatimizda o‘lib ketishimga oz qoldi..."

Batafsil tez orada Rost24.uz axborot saytida o‘qiysiz. Kuzatishda davom eting.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!