"Maqsad" filmining maqsadi nima?

"Maqsad" filmining maqsadi nima?

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi“da Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ko‘magida suratga olingan “Maqsad“ nomli badiiy film taqdimotiga bag‘ishlangan marosimda film rejissyori Rustam Meliyevning fikrlari bilan o‘rtoqlashdik:

– Hayotda har bir inson orzu va maqsad bilan yashaydi. Film qahramoni Shohrux ham ana shunday ajoyib yigit. Shu bilan birga, yosh va o‘ktam. Uning go‘zal rafiqasi, sevimli ishi, ma’lum darajada boyligi, qisqa qilib aytganda, bekami-ko‘st hayot kechirishi uchun sharoit va imkoniyati yetarli edi. Biroq... Qahramonlarimiz taqdiri va film yakuni ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ogohlikka chorlovchi filmni tomoshabinlarning o‘zi ko‘rishini tavsiya qilamiz. Ularning bu ijod mahsulimizni qanday kutib olishi, albatta, biz uchun juda muhim.

Mazkur badiiy filmning ssenariy muallifi Jamshid Asadov, asosiy rollarni Seydulla Moldaxanov, Tohir Saidov, Bobur Yo‘ldoshev, Nigora Karimboyeva, Shahzoda Matchonova, Yulduz Rajabova kabi aktyorlar ijro etgan. Ekran asarini postanovkachi operator Diyor Adashev tasvirga olgan.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!