MANSABINI SUIISTE’MOL QILGAN "MANSABDOR" TIZIMDAN CHETLASHTIRILGAN

MANSABINI SUIISTE’MOL QILGAN "MANSABDOR" TIZIMDAN CHETLASHTIRILGAN

Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalib ulgirgan, “Sirdaryoda xodimlari nomiga plastik karta ochib, ularning maoshini o‘zlashtirgan mansabdorlar ushlandi”, “Sirdaryoda mansabdorlar xodimlar nomiga HUMO plastik kartalarini ochishib, xodimlarning xabardorligisiz, ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘tkazishdi... keyin ishlatib yuborishdi va plastik kartalarni xodimlarga «pustoy» topshirishdi”, “Mirzaobod tumani “SES” mansabdorlari tomonidan qariyb 40 mln. so‘mga yaqin byudjet pul mablag‘lari talon-taroj qilindi” kabi ko‘plab maqolalar tabni xira qildi. 

-Mansabini suiiste’mol qilgan mansabdorlar tufayli bugun yuqorida aks ettirilgan maqolalarning guvohi bo‘lib turibmiz, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Xasanov. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 23 martdagi 01/12-03-34/50 son  va  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 23 martdagi 06-3/256 sonli qo‘shma xati ijrosi yuzasidan xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar karantin muassasalarida ishlagan va jalb qilingan xodimlar uchun 6 foiz qo‘shimcha to‘lov faoliyat yuritayotgan tibbiyot,  sanitariya-epidemiologiya va boshqa xodimlar uchun  taaluqli ekanligi  ma’lum qilingani  tufayli  Mirzaobod tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi xodimlari (keyingi o‘rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va  jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasining Mirzaobod tuman bo‘limi)ning tegishli mutaxassislariga  har kunlik 6 foiz miqdorida  qo‘shimcha  to‘lov 2020 yilning noyabr oyiga qadar  amalga oshirilib kelindi.

2020 yilning mart-noyabr oylarida jalb etilgan xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 40 mln. (qirq mln)ga  yaqin mablag‘  tuman bo‘limining tegishli jalb etilgan xodimlarga berilmasdan  tuman boshlig‘i va  bosh hisobchi bilan  jinoiy til biriktirib, mansabdor xodimlar o‘z nomlariga XUMO plastik kartochka ochib, xodimlarning xabardorligisiz, ish haqi va 6 foiz miqdoridagi qo‘shimcha byudjet mablag‘larini boshqa plastik kartochkaga o‘tkazib olishgan. Xodimlarga esa bo‘shatilgan plastik kartalarni qaytarib berib, 38 879 400 so‘m  yaqin byudjet mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun  ishlatib yuborishgani to‘g‘risida  aytib o‘tildi.

Har bir rahbarlik lavozimiga tayinlanayotgan shaxs tayyorlanishdan oldin bir necha chig‘iriqdan o‘tishi, bir necha bosqichlarda suhbatdan o‘tish jarayonida, eng avvalo, moliyaviy qonun buzilish holatlariga, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Ushbu holatlarning oldini olish, moliyaviy qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xodimlarning maoshiga xiyonat qilmaslik to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i tomonidan har yig‘ilishlarda tuman va shahar bo‘lim boshliqlarining ogohlantirilganiga qaramasdan ushbu noxush holatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida alohida qayd etib o‘tildi.   

Tizimda bunday  qo‘shtirnoq ichidagi mansabdorlarga o‘rin yo‘q, hozirgi pandemiya vaqtida va bundan keyin ham bunday qo‘pol qonun buzulish holatlarining oqibatlari tizimda ishlayotgan barcha xodimlarga saboq bo‘lishini ta’kidladi. 

Xulosa o‘rnida aytish joyizki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va  jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida, fidoiy, COVID-19 infeksiyasi bilan tinimsiz kurashayotgan xodimlarimiz xam talaygina. Besh qo‘l barobar emas!

Cirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!