"Manchester Yunayted" yangi 100 minglik stadionida boks kechalari tashkil qilmoqchi

"Manchester Yunayted" yangi 100 minglik stadionida boks kechalari tashkil qilmoqchi

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" "Uembli" bilan katta boks kechalari uchun raqobatlashmoqchi.

O‘tgan shanba uni "Uembli"ga kelgan 96 ming muxlis Deniel Dyubua Entoni Joshuani qanday nokaut qilganini tomosha qilishdi.

"Manchester Yunayted" rahbarlari 100 ming tomoshabinga mo‘ljallab quriladigan yangi stadion o‘z bag‘riga 110 ming odamni sig‘dira olishiga va Manchesterni Buyuk Britaniyada eng katta boks kechalari markaziga aylanishiga ishonishmoqda.

Oxford Economics tahliliga ko‘ra, yangi 2 milliard funt evaziga bunyod etiladigan stadion Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 7,3 milliard funt foyda keltiradi. Bundan tashqari 92 ming yangi ish o‘rni va yiliga 1,8 million turistlar oqimi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!