Manba: Toqayev yana Qozog‘iston prezidenti etib saylandi

Manba: Toqayev yana Qozog‘iston prezidenti etib saylandi

Mamlakatning bosh axborot agentligi «Kazinform» xabar berishicha, «Amanat» partiyasi Jamoatchilik siyosati instituti “Exit poll” xulosasiga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda 85,52 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan. Qolgan nomzodlar natijasi quyidagicha:

Jiguli Dayraboyev – 2,67 %

Karakat Abden – 2,61 %

Meyram Kajiken – 2,43 %

Nurlan Auyesboyev – 1,93 %

Saltanat Tursinbekova – 1,44 %

Saylovchilarning 3,4 foiziga hech qaysi da’vogar ma’qul kelmagan.

Ovoz berish jarayonida saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 67,71 foizi qatnashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!