Manba: "Real" Vinisius bilan shartnomani uzaytirdi

Manba: "Real" Vinisius bilan shartnomani uzaytirdi

"Real"ning braziliyalik yosh hujumchisi Vinisius Junior allaqachon "Real" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, 21 yoshli braziliyalik futbolchi Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolagan. Yangi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo bu haqda faqat iyul oyining boshida rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, shartnomada bir milliard yevro miqdoridagi tovon puli ko‘zda tutilgan. Transfermark portali futbolchining narxini 100 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Vinisius Junior Ispaniya chempionatida 35 o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 10 golga assistentlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!