Maktablarda 186 ming nafardan ortiq o‘quvchi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakatida ishtirok etmoqda

Maktablarda 186 ming nafardan ortiq o‘quvchi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakatida ishtirok etmoqda

📄 Prezidentimizning 2022 yil 2 martdagi qarorlari bilan mamlakatimizda 2022/2023-o‘quv yilidan davlat umumta’lim maktablarida 10-11-sinf o‘quvchilaridan 20 nafardan a’zo bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etila boshlandi.

👩‍🏫 Olib borilgan targ‘ibot ishlar natijasida 2022/23-o‘quv yilida harakat jami 177 ming a’zolarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023/2024-o‘quv yilida a’zolarning soni 186 mingdan oshdi.

‼️“Vatan tayanchi” otryadiga davlat umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari orasidan ixtiyoriylik asosida, arizaga asosan 20 nafar o‘g‘il-qizlar, agar istak bildirganlar soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, saralab olish orqali qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!