Maktab o‘qituvchilariga “Open budjet”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilganmi?

Maktab o‘qituvchilariga “Open budjet”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilariga “Open budjet”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Bugungi kunda aholi o‘z hududidagi hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalarni “Open budjet” portaliga joylab, ovoz yig‘ish orqali “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lish uchun harakat qilishmoqda. Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini ta’mirlash ishlari ham yetakchilik qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu jarayonda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus ko‘rsatib, o‘zlari mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan maktabni obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatmoqda. Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda ba’zi o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga bee’tibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda.

Keltirilishicha, ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga o‘qituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!