Makron immigrasiya bo‘yicha referendumni rad etdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hozirda immigrasiya bo‘yicha referendumlar o‘tkazish haqida o‘ylamayapti va siyosiy yetakchilar o‘rtasida ularning tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalarda kelishuv mavjud emas.
France Info radiostansiyasining xabar berishicha, bu haqda Parij chekkasidagi Sen-Denida davlat rahbari bilan uchrashuvda ishtirok etgan partiya yetakchilari ma’lum qilgan.
Evropa - Ekologiya - Yashillar chap qanot partiyasi milliy kotibi Marin Tondeliyerga ko‘ra, immigrasiya bo‘yicha referendum bo‘lmaydi.
“Muhojirlik kabi ijtimoiy masalalar bo‘yicha referendumlar o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish qiyin ko‘rinadi, degan fikrga kelishdi”, dedi Fransiya Kommunistik partiyasi rahbari Fabiyen Russel.
“Milliy ralli” partiyasi yetakchisi Jordan Bardella ham prezident hozirda referendum o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini ta’kidladi.
Radiostansiya ta’kidlaganidek, u ushbu mavzu bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish tarafdori bo‘lgan yagona ishtirokchi edi.