Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi

Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi

Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi, deya xabar berdi Spot.uz. Ma’lum qilinishicha, endi u yerda Carrefour do‘koni joylashadi. 

Bu O‘zbekistondagi ilk 7500 kvadrat metr maydonga ega Makro City gipermarketi gipermarketi edi. Makro Compass'da ushbu savdo-ko‘ngilochar markazi ochilganidan, ya’ni 2018 yildan beri ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makro rasman Samarqand Darvoza`dan chiqib ketgani haqida xabar bergandik. Samarqand Darvoza`da ham Carrefour ostida supermarket ochilishi kutilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!