Makkajo‘xori yuklangan uchta kema Odessa portlarini tark etdi

Makkajo‘xori yuklangan uchta kema Odessa portlarini tark etdi

Ukrainadan makkajo‘xori olib ketayotgan yana uchta kema Odessa portlaridan jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda Andalou agentligi juma kuni Turkiya mudofaa vazirligiga tayanib.

Turkiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, kemalar turli yo‘nalishlarda – Turkiya, Buyuk Britaniya va Irlandiyaga jo‘natiladi. Bortda umumiy og‘irligi taxminan 58 ming tonna bo‘lgan yuk bor.

Taxminlarga ko‘ra, uchala kema ham dastlab Istanbulda Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi vakillari tomonidan tekshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!