Makkaga haj ziyorati chog‘ida kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi

Makkaga haj ziyorati chog‘ida kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida Makkaga haj ziyorati chog‘ida kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AFP arab diplomatlariga tayanib.

Halok bo‘lganlarning 300 dan ortig‘i misrliklardir. Olomondagi tiqilinch paytida qurbonlardan biri halokatli darajada yaralangan.
Shuningdek, kamida 60 iordaniyalik, 35 tunislik, 11 eronlik va uch senegallik halok bo‘lgan.

Haj vaqtida vafot etgan ziyoratchilar orasida kamida to‘rt nafar rossiyalik ham bor. Rossiyaning Saudiya Arabistonidagi bosh konsulligi ularning «tabiiy sabablarga ko‘ra» vafot etganini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Makkaga ziyorat juma kuni boshlandi. Dushanba kuni Katta masjidda havo harorati Selsiy bo‘yicha deyarli 52 darajaga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!