Majburiy ijro harakatlari sabab 10 mlrd. so‘mlik soliq qarzi undirildi

Majburiy ijro harakatlari sabab 10 mlrd. so‘mlik soliq qarzi undirildi

Soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va majburiy to‘lovlarni o‘z muddatida va to‘liq hajmda to‘lamasliklari natijasida qarzdorlik yuzaga keladi.

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorliklarining oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.

Misol uchun, Byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining 25.05.2022 yildagi “Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarori”ga asosan qarzdor “ERIELL OSME DMCC” (OAE) dan 10 mlrd. 665 mln. 874 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi va shu kunning o‘zida “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborildi.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida “ERIELL OSME DMCC”ning hisob raqamlaridan inkasso topshiriknomasi orqali 10 mlrd. 665 mln. 874 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ undirilib, byudjet hisob raqamlariga ko‘chirib berildi va ijro hujjati ish yurituvidan tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!