Majburiy badal to‘lovlarini o‘zlashtirgan shirkat mas’ullari qo‘lga olindi

Majburiy badal to‘lovlarini o‘zlashtirgan shirkat mas’ullari qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” uy joy mulkdorlari shirkati mas’ul shaxslari mulkdorlardan undirilgan jami 109,3 mln so‘m majburiy badal to‘lovlarini bank muassasasiga kirim qilmasdan, o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!