Mahmud Abbos: "Biz Quddusga va muqaddas joylarga egamiz"

Mahmud Abbos: "Biz Quddusga va muqaddas joylarga egamiz"

Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh va BMT Xavfsizlik kengashini Falastin oldidagi majburiyatlarini bajarishga va Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatishga chaqirdi.

Bu haqda Abbos Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining navbatdan tashqari qo‘shma sammitida ma’lum qildi.

Prezidentning qayd etishicha, Isroil G‘azo sektorini muhrlab, G‘arbiy Sohil va Quddusda yahudiy aholi punktlarini kengaytirish hamda etnik tozalash siyosatini olib borish orqali ikki davlat yechimi imkoniyatini YO‘qqa chiqardi.

Unga ko‘ra, Falastin Isroilning harbiy qarorlarini qabul qilmaydi va Falastin xalqining qonuniy huquqlari bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi.

Abbos G‘azo sektori Falastin davlatining ajralmas qismi ekanligini va butun Falastin yerlarida, jumladan Quddus va G‘azo sektorida keng qamrovli siyosiy yechim o‘rnatilishi kerakligini aytdi.

U, shuningdek, Isroilning Falastin ma’muriyati tomonidan G‘azo sektoriga yuborilgan moliyaviy yordamni musodara qilishini rad etdi.

Davlat rahbari BMT Xavfsizlik kengashini Falastin davlatining BMTga to‘laqonli a’zoligini ma’qullash, Falastin xalqini xalqaro himoya bilan ta’minlash va mojaroni ikki davlat asosida hal etish kafolati bo‘lishga chaqirdi.

Abbosning aytishicha, Falastin Ozodlik Tashkiloti Falastin xalqining yagona qonuniy vakili.

Prezident xalqaro hamjamiyat Falastin davlati tuzilmalari o‘z hududida o‘z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun yordam ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

Abbos, Falastin iqtisodini kuchaytirish uchun manba taqdim etishning ahamiyatiga ham diqqat qaratdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Falastin davlati "bosqinchilar"ni javobgarlikka tortish uchun kurashadi.

“Isroil va uni qo‘llab-quvvatlayotgan va himoya qilayotgan barcha bolalar, ayol va falastinlikning o‘limi va jarohati uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”, dedi u.

Abbos Qo‘shma Shtatlarni Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

“Biz bu yerlarga, Quddusga va muqaddas joylarga egamiz. Falastin bayrog‘i baland ko‘tarilishda davom etadi va ishg‘ol tugaydi”, — dedi Falastin rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!