Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyul kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son Manzil koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi davomida mazkur koloniyadan Qo‘ng‘irot tuman Tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan mahkum J.Q.ning ahvolidan xabar olib, uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligi bois, shu kunning o‘zida bemor Nukus shahridagi respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga davolanishi uchun yotqizilgan edi.
Shuningdek, Mintaqaviy vakilning so‘roviga asosan, 27-son Manzil koloniya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida mahkum J.Q. joriy yilning 26 iyul kuni tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv xulosasida mahkumga “Sch s/z grudnogo otdela pishevoda ekzofitiya f.rosta. Laparotomiya, nalojeniye gastrostomi” tashhisi qo‘yildi.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 12/9-sonli qo‘shma Qarori bilan tasdiqlangan “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati”ning 2.1-bandiga asosan mahkumning o‘talmagan jazo muddatini o‘tashdan ozod qilish bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga Ombudsmanning iltimosnomasi va koloniya ma’muriyati tomonidan taqdimnoma kiritildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudining joriy yilning 26 iyul kungi ajrimi asosida mahkum J.Q og‘ir kasallikka chalinganligi tufayli Ӯzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan jazo muddatidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun: Ӯzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 75-moddasiga muvofiq, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.