"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Ijodimizni birlashtirishda Samarqand ruhi” nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi.

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida nutq so‘zlagan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ayni damda SHHTda Samarqand ruhini ifodalash maqsadida tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

“Bu tashabbuslar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, SHHT sammiti doirasida Samarqandga xorijdan ko‘plab rassomlar, haykaltaroshlar va fotograflar taklif etildi, – dedi vazir. – Bir qancha tadbirlar, xususan, simpoziumlar, plenerlar, marafonlar o‘tkazilmoqda. Bir necha kun davomida mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda. Bu jarayonlar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilmoqda”.

Mazkur ko‘rgazma SHHTga a’zo davlatlardan kelgan rassomlarning ijod namunalaridan iborat bo‘ldi. Ijodkorlarga sertifikatlar topshirildi va rag‘batlantirildi. O‘z navbatida xorijlik rassomlar O‘zbekistonning turistik salohiyatini yuqori baholab, yuksak e’tibor, ye’tirof va takrorlanmas taassurotlar uchun minnatdorlik bildirishdi.

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

"Mahalliy va xorijiy rassomlar o‘z asarlarida Samarqand ruhini aks ettirishmoqda" – Aziz Abduhakimov

Ma’lumot uchun, «Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi» ko‘rgazmasi va xalqaro plenerda ishtirok etish uchun Xindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston kabi SHHTga a’zo davlatlarning iqtidorli va nufuzli rassomlari Samarqandga taklif etilgan.

Ijodkorlarning eng sara asarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida namoyish etiladi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar O‘zbekistonda turizm, madaniyat va sanʼat sohasida olib borilayotgan islohotlarga beriladigan bahoni yanada oshiradi. «Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi» ko‘rgazmasi esa xalqaro darajadagi turizm va sanʼat sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!