Magdalena Andersson Shvesiya bosh vaziri etib saylandi

Magdalena Andersson Shvesiya bosh vaziri etib saylandi

Lyoven ketganidan so‘ng, sosial-demokratlarning yangi rahbari va moliya vaziri Magdalena Andersson Shvesiya bosh vaziri etib saylandi. U mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazirga aylandi.

Noyabr boshida Shvesiya Bosh vaziri Stefan Lyoven iste’fo bergan edi. U Shvesiya Sosial-demokratlar partiyasini 2012 yildan beri boshqarib kelgan. Uning rahbarligida partiya 2014 va 2018 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonib, Lyoven Bosh vazir sifatida faoliyati olib borgan.

So‘nggi vaqtlardagi so‘rovnomalarga ko‘ra partiyaga nisbatan fuqarolar ishonchi pasaya boshlagan. Shu sababli, Lyoven o‘z iste’fosini 2022 yildagi saylovlar oldidan yangi lider zarur ekanligi bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!