LXRdagi referendum natijalari qachon e’lon qilinadi?

LXRdagi referendum natijalari qachon e’lon qilinadi?

Lugansk xalq respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 28 sentyabr oqshomiga qadar Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirish bo‘yicha referendumda ovozlarni sanab chiqishni yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novostiga respublika MSK a’zosi Vitaliy Pavlyuk ma’lum qildi.

“Ovozlarni sanash ovoz berish yakunlanganidan so‘ng darhol boshlanadi, chunki 28 sentyabr kuni kechgacha natijalarni e’lon qilishni rejalashtirganmiz”, deb tushuntirdi Pavlyuk.

19 sentyabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20 sentyabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!